19 oktyabrdan boşlab, Toşkent şahridagi jamoat transporti yölovçilaridan majburiy ravişda tibbiy niqob bilan birga tibbiy qölqopda ham böliş talab etilmoqda. Toşkent şahar Transport boşqarmasi boşliği Anvar Jörayevning ma'lum qilişiça, bir oyga 13-14 mln dona qölqop kerak bölişi hisoblab çiqilgan.
«Buni bitta işlab çiqaruvçining özi yetkazib berolmaydi. Hozirgi kunga kelib, ikkita yetkazib beruvçi taşkilot topdik. Ular kuniga biri 200 ming, ikkinçisi 130-150 ming qölqop yetkazib bermoqda. Hali endi ikkinçi kun. Biz hozirda bozorni örganib, qança işlab çiqaruvçimiz bor, şularni örgangan holda sotib olişni yölga qöyamiz», – dedi Jörayev 20 oktyabrda bergan intervyusida.
U ijtimoiy tarmoqlarda mazkur yangi tartibni kimlardir pul işlab oliş maqsadida joriy etgani haqidagi gaplarni asossiz deb, «qölqop taqiş faqatgina koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida» tatbiq etilganini ta'kidladi.

«Keça oçiqlab aytganimizdek, bir juft qölqop 56 sömga aylanmoqda. Endi qaraydigan bölsak, soğliqni saqlaş tizimida bitta kasalni davolaş uçun 30 milliondan 60 milliongaça xarajat qilinyapti. Bizda [kuniga] 350-400 ming yölovçi taşib turgan paytimizda, agar biz qölqop işlatmasak, kasallanganlar qançalik köpayadi va budjetga qançalik ziyon yetadi. Biz qölqopni olib, yölovçilarimizning kasallik yuqtirib oliş ehtimolini kamaytirsak, bu ham davlatga, ham aholiga katta yordam böladi», – dedi poytaxtning transport tizimi boşliği.
Anvar Jörayevning sözlariga köra, Toşkent metrosi va avtobuslari yölovçilarini qölqoplar bilan ta'minlaş uçun bir kunda örtaça 28 mln söm sarflanmoqda.
«Bu – 1 mln dona qölqop uçun. Işlab çiqaruvçi uni donalab hisoblar ekan, tabiiyki biz uni juft qilib tarqatyapmiz», – deya tuşuntirdi u.
Ma'lum qilinişiça, jamoat transport korxonalarining qölqoplar uçun xarajatlari har oy yakuni böyiça Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.
«Bunda muammo bölmaydi. Buni biz hukumat bilan, Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda körib çiqib, xarajatlar qoplab berilişi tartibi va taxminiy narxlarni belgilab olganmiz», – dedi Toşkent şahar Transport boşqarmasi boşliği 20 oktabr kuni Kun.uz'ga bergan intervyusida.

















