Uning sözlariga köra, Maxsus komissiya uşbu taklifni qöllab-quvvatlagan.
«Koronavirus kasalligi boşlangandan buyon şu bugungi kungaça davolaş va profilaktika bilan boğliq tadbirlar takomillaşib boryapti. Bu taşabbus Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ham, Maxsus komissiya tomonidan ham qöllab-quvvatlandi.
Bu öz samarasini beradi. Harqalay, juda jiddiy bölmasa ham, şunday mötadil epidemik vaziyatga ega bölamiz», – dedi u.
Kun.uz muxbirining qölqoplarga oid qaror Adliya vazirligidan röyxatdan ötmagani haqidagi savoliga javoban, Nurmat Otabekov masalaning byurokratik jihatlarini hal etiş muammo tuğdirmasligini aytdi.
«Men taşabbus kimdan çiqqaniga jiddiy e'tibor qaratilişini xohlamagan bölardim. Biz aholiga xizmat körsatuvçi transport korxonalariga juda köp e'tiroz bildiramiz: «Jamoat transportida odam köp, muloqot ortib boryapti, kasallik yuqiş ehtimoli yuzaga kelyapti...»
Ammo masalan, xorijiy davlatlarda aholi avtobus tölgan bölsa, keyingi keladigan avtobusni kutib turişadi. Bizda esa joy yöq bölsa ham imkon topib, içkariga kirişga harakat qilişadi. Bundan körinib turibdiki Transport vazirligi aholini boşqariş imkoniyatiga ega emas. Demak, aholi öz bilganidan qolmayapti.
Şu nuqtai nazardan, vazirlikning aynan şunday taşabbus bilan çiqişini mutaxassis sifatida ma'qullayman. Buning rasmiyatçiligi esa yeçimi topiladigan holat. Kelişiş jarayonida bosqiçlarning özgarib qolişiga oydinlik kiritiş mumkin. Lekin eng asosiysi taşabbus töğri», – dedi Maxsus komissiya a'zosi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev Transport vazirligining qölqoplarga oid qarorini majburiy emas, tavsiyaviy xarakterga ega deb hisoblaşini bildirgandi.
Jamoat transportida qölqop taqiş: yölovçilar fikri, mas'ullar iddaosi va deputat pozitsiyasi

















