Kun.uz muxbiri jamoat transportida tibbiy niqob va qölqopda böliş majburiyligi yuzasidan metro yölovçilari fikrini örgandi.
Kamera qarşisida gapirgan yölovçilarning aksari yangi tartibga qarşi emasligini bildirdi. Çunki qölqoplar bepul tarqatilmoqda.
Ayrim fuqarolar esa majburiy qölqopda böliş tartibiga nisbatan salbiy fikrda ekanini bildirdi.
«Qölqoplar qöl terlaşiga sabab bölyapti. Fuqarolar jamoat transportidan foydalanib bölgaç, qölqoplarini yeçadi. Terlagan qölga köproq mikroblar yopişadi. Şuningdek, qöl terilarda har xil özgarişlar kuzatilişi mumkin. Bu tartibdan köra fuqarolarga şaxsiy gigiyena qoidalarini, doim qölni sovunlar va antiseptik vositalar orqali tozalab yurişni tarğib qiliş yaxşiroq emasmi?» – deydi yölovçilardan biri.

Transport vazirligi: «Özbekistonlik epidemiologlar va xorij tajribasi örganildi»
Kun.uz qaror taşabbuskori Transport vazirligi bilan boğlandi. Vazirlik matbuot kotibi Navröz Aşurmatovning ma'lum qilişiça, yölovçilarga tarqatiladigan tibbiy qölqoplar transport korxonalari hisobidan xarid qilinadi. Ammo metropoliten va «Toşşahartransxizmat»ning bu xarajatlari qoplab beriladi.
«Asosiy maqsadimiz – koronavirus va boşqa yuqumli infeksiyalar tarqalişini minimal darajaga tuşiriş. Bu tartibni joriy etişda sanitariya-epidemiologiya markazi xodimlarining tavsiyasi va xorij tajribasi ham örganildi. Masalan, Moskvada ham şu tartib joriy etildi.

Qölqoplar yölovçilar hisobidan emas, transport korxonalari tomonidan sotib olinmoqda. Har bir qölqop jufti 56 sömga tuşyapti. Myetropoliten hamda «Toşşahartransxizmat» korxonalarining moliyaviy xöjalik işi oy yakuni böyiça qölqop uçun ketgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. Ya'ni Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasidan taşkilotlarga ötkazib beriladi», – deydi Transport vazirligi rasmiysi.
Aşurmatov Kun.uz'ning jamoat transporti korxonalariga qölqoplarni kim yetkazib bermoqda, degan savoliga ayni paytda unda bu haqda ma'lumot yöqligini aytib, keyinroq javob berişga tayyorligini bildirdi.





















