Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yapon tadqiqotchilari niqoblar koronavirusdan himoyalanishda foydali ekanini isbotlashdi
Yaponiyalik olimlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, niqoblar havodagi koronavirus zarralaridan himoya qila oladi, lekin professional darajadagi qoplamalarga ega niqoblar ham yuqtirish xavfini yuz foizga bartaraf eta olmaydi.
Tokio universiteti olimlari maneken boshlarini bir-biriga qaratgan holda kameralar bilan jihozlangan yopiq bo‘lma tashkil etishdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tajribada maxsus jihozlangan bitta maneken yo‘tal simulyatsiyasi bilan haqiqiy koronavirus zarralarini chiqarib yubordi. Ikkinchi maneken nafas olishni taqlid qilib, havo yo‘li orqali kirib boradigan infeksiyalarni maxsus bo‘linmachaga joyladi.
Tajribada paxta niqob taqqan holda virusni yuqtirish darajasi niqobsiz holatdagiga taqqoslaganda 40 foizgacha kamaygan.
Tibbiy mutaxassislar tomonidan ishlatiladigan N95 niqobi esa virusni 90 foizgacha to‘sib qo‘ygan. Biroq N95 niqob taqilganda ham ba'zi virus zarralari ikkinchi manekendagi maxsus bo‘linmachaga o‘tgani kuzatilgan.
Yo‘talayotgan manekenga niqob taqilganida, paxta va jarrohlik niqoblari koronaviruslarning 50 foizdan ortig‘ini to‘sib qolgan.
«Virus qabul qiluvchisi ham, virus tarqatuvchisi ham niqob kiyishi ijobiy ta'sir ko‘rsatadi», – deya xulosa qilgan tadqiqotchilar chorshanba kuni chop etilgan maqolada.
Yaponiyalik tadqiqotchilarning boshqa bir guruhi esa kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanib, namlik darajasi virus zarralarining havoga tarqalishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlashdi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023