Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook yangi tizim yaratdi. U 100 ta til o‘rtasida 90 foiz aniqlikda tarjima qiladi
Facebook sun'iy tarjima intellektini takomillashtirdi. Ushbu tizim ingliz tilidagi birinchi tarjimaga suyanmasdan mustaqil 100 ta til o‘rtasida aniq tarjima qila oladi.
Maqsadi – ingliz tiliga markazlashtirilgan tarjima modellaridan voz kechib, ko‘p tilli tarjimalar tizimini yaratish. Foydalanuvchilar Facebook joriy qilgan sun'iy intellekt tarjimalarini 90 foiz aniq deb baholadilar.
Ushbu tizim 100 xil tilda to‘plangan 7,5 milliard gapni tarjima qilish orqali sinaldi. Biroq barcha tillarda ham bir-biriga aynan mos keladigan jumlalar yo‘qligi sabab tizim tillarni geografiya va madaniy o‘xshashliklarga qarab 14 ta alohida to‘plamga birlashtirish orqali tarjima qiladi.
Yangi tizimda ba'zi bir til juftliklari mavjud onlayn tarjimonlardan yaxshiroq tarjima qilingani aytilmoqda. Ayniqsa ispan tilidan portugal tiliga tarjima juda yaxshi chiqqan. Ispan tili dunyodagi eng ko‘p gaplashiladigan ikkinchi til bo‘lgani sabab tadqiqotchilar katta miqdordagi ma'lumotlarga ega bo‘lishgan. Ingliz va belarus tilidagi tarjima ham yaxshi chiqqani, sun'iy intellekt jumlani rus tilidagi o‘xshashlikka suyanib, belaruschaga yaxshi o‘girgani aytilmoqda.
Tizim hali ijtimoiy tarmoqqa foydalanish uchun qo‘yilmadi. Facebook uni har kuni 160 dan ortiq tilda 20 milliard tarjima kombinatsiyasini amalga oshiradigan tizimga aylantirmoqchi. Unga tez orada janubi-sharqiy Osiyo va Afrikadagi internetga kam ma'lumot joylangan tillar uchun ham tarjimalar joylashtiriladi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025