Sessiyada Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov sözga çiqib, viloyat aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş, bozorlarda narxlar barqarorligini ta'minlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar xususida ma'lum qildi.
Hokimning ma'lumot berişiça, viloyatda qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan, kartoşka, sabzi, piyoz, meva, poliz ekinlari, uzum, göşt, sut, tuxum, baliq aholi iste'moli uçun belgilangan me'yorlardan ortiq yetiştirilgan. Bu mahsulotlarning ehtiyojdan ortiği boşqa hududlarga sotilgan, 17 mln 378 ming dollarlik 12 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot esa eksportga yönaltirilgan.

Viloyat rahbari Navoiyda yiliga 103,3 ming tonna göşt işlab çiqarilib, buning 41,3 ming tonnasi hudud aholisi ehtiyojlari uçun yönaltirilişini, ayni paytda viloyatda 502,7 ming boş yirik şoxli mol, 2,3 mln boş qöy va eçki, 20,2 ming boş ot hamda 3 milliondan ortiq parranda boqilmoqda. Çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida yil yakuniga qadar 43ta xöjalikka 6,7 mlrd sömlik subsidiya mablağlari evaziga xorijdan 2,5 ming boş zotdor qoramol keltirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, 31ta loyiha böyiça 5,1 ming boş çorva mollari boqiladigan xöjaliklar taşkil etiladi. 2021 yilda esa 46ta loyiha böyiça 19 ming boş qoramolçilik xöjaliklari taşkil etilişi közda tutilgan. Muhim jihati, şundan 14tasi yirik bördoqçilik kompleksi bölib, ularining har birida ming boşdan ortiq qoramol boqiladi.
«2021 yilning aprel oyiga qadar viloyat aholisining un mahsulotlariga bölgan ehtiyoji 37,7 ming tonnani taşkil etadi. Şundan 37,2 ming tonnasi mahalliy va 0,5 ming tonnasi import mahsulot hisobidan qoplanadi. Bugungi kunda hududda 2ta yirik va 5ta kiçik un işlab çiqaruvçi korxona mavjud. Yil yakuniga qadar yana 2ta donni qayta işlaş korxonasi işga tuşiriladi. Buning hisobiga aholining un mahsulotiga bölgan talabi töliq qondiriladi va eksportga yetkazib berişga ham erişiladi.
Bundan körinib turibdiki, viloyatimiz aholisini un mahsuloti bilan ta'minlaşda heç qanday muammolarga duç kelinmaydi va ortiqça taşvişlanişga hojat yöq», deya Qobul Tursunovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, 2020 yil noyabrdan 2021 yil maygaça viloyatda aholining kartoşkaga bölgan ehtiyoji 21,7 ming tonnani taşkil etadi. Şundan 13,7 ming tonnasi yurtimizda yetiştirilgan mahsulotlar hisobidan, 8 ming tonnasi esa import hisobidan qoplanadi. Viloyatda qiş-bahor mavsumi uçun 12 ming tonna kartoşka zaxirasi yaratiş rejalaştirilgan. Hozirda 94ta tayyorlov korxonalari bilan yetkazib beruvçi qişloq xöjaligi korxonalari örtasida şartnomalar tuzilib, jamğariş işlari boşlangan. Şuningdek, 8,2 ming tonna guruçga bölgan ehtiyojning asosiy qismi zaxira manbalari orqali jamğarilib, yanvar-aprel oylarida tayyorlov korxonalari tomonidan içki iste'mol bozorlarida arzon narxlarda sotilişi ta'minlanadi.


















