Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholm va Pekin o‘rtasidagi munosabat Huawei sababli sovuqlashdi
Shvetsiyada Huawei’ga taqiq qo‘yildi. Unga ko‘ra, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 5G infratuzilma tenderida ishtirok etadigan kompaniyalar Huawei va ZTE tomonidan ishlab chiqarilgan texnologiyalardan foydalanmasliklari kerak. Pekin ma'muriyati ushbu qarorga keskin munosabat bildirgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Angliya, Belgiya, Fransiya endi esa Shvetsiya. G‘arb davlatlari Huawei mahsulotlarini taqiqlay boshladi.
Shuningdek, Shvetsiya pochta va telekom ma'muriyatidan Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyasining 5G infratuzilma uskunalarini ishlatishni taqiqlagan.
Xitoyning Stokholmdagi elchisi Guy Kongyou (Guyi Tonyo) xitoylik kompaniyalar Shvetsiya qonunlari va qoidalariga rioya qilishlarini ta'kidlab, taqiqni bekor qilishga chaqirgan.
Elchi: «Men tahdid qilishni yoqtirmayman, ammo qaror qaytarib olinmasa, Shvetsiyaning Xitoyda biznes yuritadigan kompaniyalariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin», – degan.
Bunga javoban Shvetsiya energetika va raqamli rivojlanish vaziri Anders Igeman bu qarordan hech qachon qaytmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
13:00 / 14.05.2026