Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «MYu» «Chelsi» bilan murosa yo‘lini tanladi
Angliya Premer-ligasi 7-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «MYu» «Chelsi»ga qarshi maydonga tushdi.
«Old Trafford»da kechgan uchrashuvda Sulsher va Lempard jamoalari murosa yo‘lini tanlashdi – 0:0. Shu kuni «MYu» safida Edinson Kavani debyutini o‘tkazdi.
Ushbu durangdan keyin «MYu» 7 ochko bilan 15-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Chelsi» 9 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.
APL. 6-tur
Manchester Yunayted – Chelsi 0:0
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Fred, Mata (Pogba, 58), Jyeyms (Kavani, 58), Maktomini (Grinvud, 83), Brunu Fernandesh, Reshford.
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Zuma, Aspilikueta, Chiluell, Xaverts (Maunt, 72), Jorjino, Pulishich (Ziyesh, 81), Kante, Tiago Silva, Verner (Abraham, 71).
Ogohlantirish: Shou (39), Xaverts (45), Fred (46), Reshford (76).
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026