Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Yevropa ichidan yemirilishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa «musulmonlarga qarshi front ochib» o‘z umriga yakun yasayotganini aytdi.
Foto: Umit Bektas / Reuters
Germaniya huquqni muhofaza qilish organlarining Berlindagi Mavlono masjidida o‘tkazgan operatsiyasiga izoh berar ekan, Erdo‘g‘an «Yevropa fashizmi» yangi bosqichga chiqayotganligini ta'kidladi.
«Agar Yevropa mamlakatlari bundan tezroq qutulmasa, bunday kasallik Yevropani ichidan yemiradi», — dedi u.
Avvalroq Turkiya prezidenti fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makronni Islom diniga nisbatan munosabati uchun tanqid qilgandi.
Daily Sabah nashrining ma'lumot berishicha, 21 oktabr kuni Germaniya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Berlindagi Mavlono masjidiga bostirib kirishgan va u yerda tovlamachilik ishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan surishtiruv doirasida tintuv o‘tkazishgan.
Reyd vaqtida masjidda bomdod namozi o‘qilayotgan bo‘lgan. Niqobda bo‘lgan 150ga yaqin politsiyachi poyabzallari bilan joynamozlarni ezg‘ilab yurishgan va 7 ming yevro, kompyuterlarni musodara qilishgan.
Mavzuga oid
09:17 / 06.04.2026
Yevropadagi hujumlar ortida Eron izi bo‘lishi mumkin - FT
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:14 / 27.03.2026
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqda
13:05 / 19.03.2026