Loyiha bilan «Standartlaştiriş töğrisida»gi qonunning yangi tahririni tasdiqlaş nazarda tutilgan. Amaldagi Özbekiston standartlari va ÖzDSt abbreviaturasi bilan qabul qilingan hujjatlar 5 yil mobaynida qayta körib çiqilişi lozim.
 
«Standartlaştiriş töğrisida»gi qonunning yangi tahririning maqsadi - Özbekistonda milliy standartlaştirişning asosiy maqsadlari va prinsiplarini belgilaş. U rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 12 oy ötgaç kuçga kiradi.
 
Standartlaştirişning asosiy prinsiplari:

  • qonuniylik;
  • oşkoralik va oçiqlik;
  • şaffoflik;
  • manfaatdor tomonlarning konsensusi;
  • manfaatdor tomonlarning umumiy manfaatlaridan şaxsiy manfaatlar ustun kelişining oldini oliş (xolislik);
  • dolzarblik va samaradorlik.

Quyidagilar standartlaştirişning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • insonlar, jonzotlar hayoti, soğligini, şuningdek ösimliklar va atrof-muhitni himoya qiliş;
  • mahsulot sifati masalalarida iste'molçilar manfaatlarini himoya qiliş;
  • mahsulotlarning özaro almaşinuvçanligi va moslaşuvçanligini ta'minlaş;
  • fan va texnikaning rivojlaniş darajasi, şuningdek aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos ravişda mahsulot sifati va raqobatbardoşligini oşiriş;
  • barça turdagi resurslarni tejaşga kömaklaşiş, işlab çiqarişning texnik-iqtisodiy körsatkiçlarini yaxşilaş;
  • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oşiriş va boşqalar.

Loyihada Vazirlar Mahkamasi, Standartlaştiriş böyiça Milliy organning vakolatlari, şuningdek standartlaştiriş sohasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, nodavlat taşkilotlar, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning vakolatlari va boşqa masalalar bayon etilgan.
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.