«Issiqlik ta'minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi takroran muhokamaga qo‘yildi
Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Issiqlik ta'minoti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qayta ishladi, u muhokama uchun joylashtirilgan. Ko‘p joylari to‘ldirildi va tuzatildi, biroq iste'molchilarning hamma takliflari ham inobatga olinmagan, deb yozadi Norma.
Qonunni ishlab chiqish prezidentning 2.12.2019 yildagi “Issiqlik ta'minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4542-son qarorida nazarda tutilgan.
Issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- shaharlar va boshqa aholi punktlari issiqlik ta'minoti sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- DXShni rivojlantirish;
- qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish;
- zamonaviy issiqlik tarmoqlarini joriy etish uslublari bo‘yicha issiqlik energiyasini tashish paytidagi yo‘qotishlarni kamaytirish va boshqalar.
Qonun loyihasi hozirda mavjud bo‘lmagan issiqlik ta'minoti sohasida munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yagona tizimini yaratishga qaratilgan. Tizim iste'molchilarga sifatli issiqlik ta'minotini ishonchli va tejamkor yetkazib berishni, shuningdek sohadagi faoliyatning investitsiya jozibadorligini ta'minlashi kerak. Buning uchun qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- issiqlik ta'minoti sohasidagi har bir ishtirokchining – iste'molchilar, issiqlik ta'minoti tashkilotlari va davlat va mahalliy hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari;
- shartnomalarda belgilangan parametrlar va ishlash rejimlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish uchun tomonlarning javobgarligi;
- energiya sotuvchilarga talablar, issiqlik energiyasi va elektr quvvati tanqisligi paydo bo‘lishining oldini olish tartibi;
- issiqlik ta'minoti tizimi barqarorligi, rentabelligini ta'minlash bo‘yicha ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlari;
- iste'molchilar va issiqlik ta'minoti tizimlari manfaatlari uchun issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarining maqbul ish rejimini joriy etish;
- ko‘p kvartirali uylarga issiqlik yetkazib berish bo‘yicha xususiyatlarni inobatga olgan holda issiqlik ta'minoti shartnomasining majburiy yozma shaklini joriy etish;
- issiqlik ta'minotiga tariflarning tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning shaffofligi;
- iste'molchilar tomonidan issiqlik energiyasining yo‘qotilishini kamaytirishni rag‘batlantirish;
- uzoq muddatli shartnomalar tuzish va issiqlik ta'minoti bozorida barqarorlikka erishishga ko‘maklashuvchi uzoq muddatli tariflarni belgilash.
Qonun loyihasida aytilishicha, iste'molchilar boshqa issiqlik ta'minoti tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzishlari mumkin. Shu bilan birga normani qoldirishdi, unga asosan kollektiv issiqlik ta'minoti tizimida issiqlik energiyasi iste'molchisi xonaning bir qismini issiqlik ta'minoti tizimidan uzib qo‘yishga haqli emas.
Ushbu normalar ma'nosi jihatdan ziddiyatli va issiqlik ta'minoti tashkilotiga monopol holatni beradi, aholining muayyan qismini manfaatsiz holatga qo‘yadi. Kvartira egasi o‘z xonasida issiqlik yo‘qotilishini kamaytiruvchi va energiyani tejovchi zamonaviy isituvchi uskunalarni o‘rnata olmaydi, XUMSh esa bunday shart-sharoitlarda o‘zining qozonxonasini qurishga qaror qilishi dargumon.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
18:12 / 23.08.2024
Tejamkor uy endi orzu emas: Energiya uchun to‘lovni ikki barobar kamaytiring
20:16 / 19.08.2024
Issiqlik nasoslari – yozda ham, qishda ham kamxarajat, xavfsiz va samarali yechim
13:39 / 08.08.2024