O‘zbekiston | 23:14 / 27.10.2020
3436
1 daqiqa o‘qiladi

Oltiariqda 12 ta ko‘p qavatli uy va 300 o‘rinli maktab quriladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanida bo‘lib tumandagi «Qapchug‘ay» mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli o‘ylarning qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Oltiariq tumanida yangi 12 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga Xayrullo Bozorov tomonidan tamal toshi qo‘yildi. Quruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ularning muammolari bilan qiziqib, qurilish sohasini rivojlantirish uchun har bir quruvchi imkoniyatidan kelib chiqib qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, viloyat hokimi Oltiariq tumanidagi 1-aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining yangi 300 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurilishiga ham tamal toshini qo‘ydi.

Xayrullo Bozorov Oltiariq tumaniga tashrifi davomida tumanda ochilgan xususiy shifoxona ochilish marosimida ham ishtirok etgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid