Quyida taqdim etilayotgan röyxatni mukammal reyting deb bölmaydi. Sababi, har bir klinika öz yönalişi böyiça ilğor. Ammo aynan mana şu tibbiy maskanlar jahon yetakçilari ekanini anglatuvçi nisbiy körsatkiçlar bor.
Jons Hopkins klinikasi
AQŞning Baltimor şahridagi bu köp tarmoqli klinikada juda murakkab operatsiyalar amalga oşirilgan, tibbiyotda muhim rol öynagan tadqiqotlar qilingan, uning talabalari içidan Nobel mukofoti sovrindorlari yetişib çiqqan.
Bugungi röyxatdagi dastlabki örinda joylaşişi sababi aynan koronavirus pandemiyasi bilan boğliq. Bu kasallik böyiça eng işonçli va foydali tavsiyalar, statistik ma'lumotlar hamda davolaş taktikalarini tanlaşda şu klinika faoliyati etalon vazifasini bajardi.
Çuqur tadqiqotlari orasida gen injyeneriyasi alohida örin tutadi.
Kris Xani Baragvanat şifoxonasi
Uzoq Janubiy Afrika Respublikasining poytaxti Yoxannesburg şahridagi bu klinikada pandemiyaga qadar ham 5 ming nafar xodim işlagan. Klinikaning obrösi balandligi sabab, masofa uzoq bölişiga qaramay, juda köp davlatlardan bemorlar kelib yaxşigina pul tölab davolanişadi.
70 gektar maydonda joylaşgan bu tibbiy maskanda birvarakayiga 3000 kişi davolanişi mumkin. Pandemiya davrida xodimlar soni ham, bemorlar soni ham örtaça 20-25 foizga oşgan.
Stenford klinikasi
AQŞdagi bu klinikaning öziga xos jihati – innovatsion texnologiyalar qöllaşi bilan barçadan özib ketgan. Bu tibbiy maskan telemeditsina, mikrojarrohlik kabi qator murakkab yönalişlarda ilğor hisoblanadi. Şuningdek, tibbiy uskunalarni hayotga tatbiq etiş böyiça eng kuçli tadqiqotlar ham aynan şu klinikada ötkaziladi.
Bu maskan xodimlari bir vaqtda ham yurak, ham öpkani köçirib ötkazganlari, şuningdek, AQŞda birinçi bölib yoşi katta odam yuragini köçirganlari bilan maqtana oladilar.
Great Ormond Street – eng yaxşi bolalar şifoxonasi
Tibbiyotning juda katta qismi bölgan pediatriya yönalişida Londondagi 1852 yilda asos solingan bu şifoxona oldiga tuşadigani yöq. Dunyoning juda köplab davlatlarida turli yönalişlarda tadqiqotlar olib boradigan bu klinika bolalar duç keladigan eng murakkab kasalliklarni davolaş böyiça qator patentlarga ega.












