Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva amaliy tashrif bilan Jyenevaga bordi
Senat raisi yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva amaliy tashrif bilan Jyeneva shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida va O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a'zosi etib saylanganligi munosabati bilan yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish Senat raisining tashrifi dasturidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025