Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada parlament saylovlaridan keyin muxolifatning norozilik namoyishi boshlandi
Gruziyada muxolifat tarafdorlari mamlakatda 31 oktyabrda o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Tbilisi ko‘chalariga chiqishdi. Ular saylovlarning noqonuniy deb tan olishini talab qilishmoqda.
Gruziya poytaxtidagi Rustaveli ko‘chasida markaziy saylov komissiyasining natijalaridan norozi bo‘lgan bir necha ming kishi to‘plangan. Saylov komissiya ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi g‘alaba qozongan.
Namoyishlarda partiyalarning yoshlar qanoti vakillari, parlamentga o‘tgan barcha muxolif partiyalar yetakchilari ishtirok etmoqda.
Tbilisining sobiq meri, “Yevropacha Gruziya” partiyasi yetakchisi Gigi Ugulavaning ta'kidlashicha, 8 noyabrda Tbilisida katta namoyish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muxolifat norozilik aksiyalari har kuni o‘tkazilishi mumkinligini aytmoqda.
Muxolifat yetakchilari yangi parlament tarkibiga kirishdan bosh tortishmoqda. Saylovlarda g‘alaba qozongan “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Mamuka Mdinaradzening ta'kidlashicha, muxolifatning boykoti parlament vakolatlarining tan olinishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Gruziya orzusi” parlament saylovlarida 48,15 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Tarkibiga Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining “Yagona milliy harakat” partiyasi kiruvchi muxolifat bloki “Kuch birlikda” 27,14 foiz ovoz bilan 2-o‘rinni egallagan.
Umuman olganda, saylovlarda ishtirok etgan 48ta partiya va 2ta blokdan parlamentga minimal chegarani bosib o‘tgan, ya'ni 1 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan 7ta partiya va 2ta blok o‘tdi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026