Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada muxolif partiyalar norozilik sifatida yangi parlamentdagi o‘rinlardan voz kechdi
Gruziyada parlament saylovlari natijalariga ko‘ra yangi parlamentga o‘tgan muxolif partiyalar boykot e'lon qilib, mandatlardan voz kechdi.
Gruziyaning eng yirik muxolif partiyasi “Yagona milliy harakat” yetakchilaridan biri Nika Meliyaning ta'kidlashicha, muxolifat erkin muhitdagi yangi saylovlarni talab qilmoqda va shu sababli parlamentdagi o‘rinlardan voz kechmoqda. Saylovlar natijalariga ko‘ra partiya 27,13 foiz ovoz to‘plab, 2-o‘rinni egallagandi.
O‘z navbatida kichikroq muxolif partiyalar ham mandatlardan voz kechishlarini ma'lum qilishgan.
Gruziyadagi saylovlarda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi g‘alaba qozondi. Partiyani saylovchilarning 48,15 foizi qo‘llab-quvvatlagan. U hukumatni yakka o‘zi shakllantira oladi. Muxolifat esa saylovlarni soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda va xalqaro kuzatuvchilarni ularni qonuniy deb tan olmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
09:34 / 09.01.2026
Venesuela muxolifatchilar qamoqdan ozod etilishini e’lon qildi
13:55 / 12.09.2025
Gurjistonda eng yirik muxolifat partiyasi yetakchisi ushlandi
09:51 / 26.06.2025