Gurjiston Davlat xavfsizlik xizmati eng yirik muxolifat partiyasi – «Birlaşgan milliy harakat» yetakçilaridan biri Levan Xabeişvilini qölga oldi. Bu haqda 11 sentabr, payşanba kuni Davlat xavfsizlik xizmati bayonotida aytilgan.
Uning xabariga köra, Xabeişvili «mansabdor şaxslarga pora sifatida pul mukofoti va’da qilganlikda» ayblanib qölga olingan. Maxsus xizmatning da’vo qilişiça, Xabeişvili buyruqlarni bajarişdan boş tortgan yoki unga rasmiy faoliyati bilan boğliq ma’lumotlarni taqdim etgan xavfsizlik xodimlariga 200 ming dollar tölaşni taklif qilgan.
«(Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Mamuka) Mdinaradze olgan vazifani bajarmoqda. Kuç gurji xalqida. Men buni kutgandim. Meni qölga olişyapti, çunki bir kişi Xabeişvili Ivanişvilini (hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi asosçisi, milliarder Bidzina Ivanişvili) mağlub eta oladi», - deya Xabeişvili qölga olinişidan oldin. U 4 yildan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.












