Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisi bilmasdan Rossiya agentiga intervyu bergani uchun uzr so‘radi
AQSh prezidenti Donald Trampning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi Skott Atlas Rossiyaning RT (Russian Today America) telekanaliga bergan intervyusi uchun uzr so‘radi.
Atlasning so‘zlariga ko‘ra, u RT AQShda xorijiy agent sifatida ro‘yxatga olinganini bilmagan. «Men intervyu berganimdan afsusdaman va qilgan ishim uchun uzr so‘rayman», – deb yozgan Skott Atlas o‘zining tvitterida.
Shuningdek, u birinchi navbatda AQSh milliy xavfsizligining himoyasi uchun chin dildan ishlayotgan insonlardan uzr so‘rashini ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyaga tegishli kontentlarning bir qismini translatsiyasini taqiqlashni taklif qilgan edi. O‘sha yili RTning bosh muharriri RT America AQShda xorijiy agent sifatida qayta ro‘yxatga olinganini xabar bergan.
Russian Today – Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi, bir necha xorijiy tillarda faoliyat yurituvchi axborot telekanali. Unga 2005 yilda asos solingan, AQShda 2010 yildan buyon faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025