O‘zbekiston | 12:30 / 03.11.2020
8334
2 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Rufat Risqiyev kubogi kimga nasib etadi?

Toshkentdagi “Universal” sport saroyida katta sport musobaqasi davom etmoqda. PEPSI homiyligida tashkil etilayotgan birinchilikning dastlabkisi 20-27 oktyabr kunlari o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va ushbu yosh toifasidagi yetakchi bokschilar saralab olindi.

Foto: O‘zbekiston Boks federatsiyasi

31 oktyabrda boshlangan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 7 noyabrga qadar davom etadi. PEPSI homiyligida tashkil etilayotgan birinchilikning bu qismida Tokio olimpiadasi yo‘llanmasi sohiblari Bobousmon Boturov, Miraziz Mirzaxalilov, Sanjar Tursunov kabi yetakchi bokschilar ringga ko‘tarilishadi. Shuningdek, Nodirjon Mirzahmedov, Dilshod Ro‘zmetov, Shunqor Abdurasulov kabi o‘nlab shijoatli bokschilar o‘z vazn toifalarida bellashadilar va O‘zbekiston boksida kim kuchli ekanini aniqlab oladilar. Bu esa, har bir jangning yanada shiddatli va ayovsiz kechishini anglatadi. Musobaqaning eng yaxshi bokschisiga “Rufat Risqiyev kubogi” taqdim etiladi.

Foto: O‘zbekiston Boks federatsiyasi

10-15 noyabr kunlari esa, yosh qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati tashkil etiladi. Unda yoshlar toifasida 10 ta, o‘smirlar toifasida esa 15 ta vaznda g‘oliblar aniqlanadi hamda terma jamoaga yangi nomlar saralanadi.

Foto: O‘zbekiston Boks federatsiyasi

Bahslarda Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari mamlakat chempionati oltin medallari uchun ringga ko‘tarilishi birinchilikka o‘zgacha jangovar kayfiyat ulashadi.

Chempionlarni Pepsi bilan qo`lla!

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid