Özbekistonda sönggi yillardagi eng yirik futbol kommunikatsiya kampaniyalaridan biri — Pepsi’ning “12-öyinçi” milliy loyihasi boşlandi. Uning ğoyasi oddiy, ammo juda kuçli tuyğuga asoslangan: katta futbol öyinlarida mamlakat yagona kuçga aylanadi.
https://telegra.ph/embed/youtube?url=https%3A%2F%2Fyoutu.be%2F6ES7d0Im19s
“12-öyinçi” ma’nosi
Kampaniyaning ilk ommaviy körinişi INKUZART taxallusli rassom tomonidan yaratilgan keng kölamli strit-art loyihasi böldi. Devoriy surat (mural) öziga xos badiiy tizer sifatida paydo böldi. Kompozitsiya markazida oynani eslatuvçi maydon, uning atrofida esa futbol ramzlari va 12 raqami bilan birlaşgan odamlar tasvirlangan edi. Bu asar tayyor javoblar bermay, aksinça, “12-öyinçi aslida kim?” degan asosiy savolni örtaga taşladi. Biroz vaqt ötib, bu sir yeçildi: “Oyna” içida orqasiga 12 raqami tuşirilgan kök futbolkali inson qiyofasi paydo böldi.

Asosiy ğoya şundan iborat ediki, devoriy surat oldida töxtagan har qanday yölovçi beixtiyor tasvirning bir qismiga aylanardi. U şunçaki surat qahramonini emas, balki öz aksini körardi. Şu tariqa loyihaning asosiy metaforasi tuğildi: 12-öyinçi — bu har bir muxlis. Strit-art nafaqat şahar san’at obektiga, balki futbol, san’at va zamonaviy madaniyatni birlaştirgan hissiy ifodaga ham aylandi. Taşqi reklama va raqamli kanallardagi tizerlar bilan birgalikda u yaxlit bir hikoyaning qismiga aylanib, auditoriyani kampaniyaning asosiy mazmunini anglaşga bosqiçma-bosqiç yetakladi.
Millionlar sadosi
Zamonaviy özbek sahnasining eng yorqin vakillaridan biri — Konsta tomonidan yaratilgan “12” treki loyihaning musiqiy yuragiga aylandi. Kompozitsiya muxlislarning çinakam sadosiga aylandi. Uning zamirida katta futbol insonlarni birlaştiradigan yagona ritm, yagona nafas va yagona işonç ğoyasi yotadi.
Trekning premerasi 22 may kuni ön minglab mehmonlarni jamlagan va “12-öyinçi” loyihasining rasmiy taqdimoti vazifasini ötagan, mamlakatning eng yirik gastronomik festivali — Pepsi Lazzatli Fest’da bölib ötdi.

Taniqli rejissyor Habib Nabiyev tomonidan suratga olingan tijoriy videoklip bu şiorning vizual timsoliga aylandi. Video futbolga muxlislik qiliş iştiyoqini tölaqonli yetkazib bera oladigan yorqin va hissiyotlarga boy çiqdi. Bugungi kunda uşbu ijodiy iş mamlakatimiz sanoatidagi eng yirik videoloyihalardan biri sanalib, suratga oliş darajasi, grafika sifati va kadrlar dinamikasi bilan kişini hayratga soladi.


















