22 maydan 24 maygaça “Humo Arena” hududi 124 mingdan ortiq mehmonni jamlagan yirik gastronomik va madaniy bayram markaziga aylandi.
Festivalning asosiy voqeasi rasman qayd etilgan uçta Guinness World Records™ jahon rekordi böldi. Jamoa nafaqat belgilangan körsatkiçlarni bajardi, balki ularni ança oşirib ham uddaladi:
— rejadagi 1000 ta örniga 2187 ta lavaş-doner,
— 12 000 ta örniga 12 648 ta somsa,
— rejalaştirilgan 800 kg örniga vazni 1135 kg bölgan dunyodagi eng katta lağmon.
Rekordlarni örnatişda mamlakatning eng sara oşpazlari mehnat qildi: 25 nafar oşpaz rekord darajadagi lavaş-donerlarni tayyorladi, 33 nafar oşpaz eng katta lağmonni pişirdi, 45 nafar oşpaz esa bir vaqtning özida 45 ta tandirda somsa yopdi.

Rekord darajadagi somsani tayyorlaş uçun 505 kg mol göşti, 500 kg piyoz, 60 kg dumba yoği, 885 kg un, 250 litr suv, 250 kg sariyoğ, 12 kg kunjut, şuningdek, köp miqdorda ziravor va masalliqlar işlatildi. Festival davomida jami bir yarim tonnadan ortiq mahsulot sarflandi.

Minglab mehmonlar rekordlar tayyorlanişini real vaqt rejimida kuzatib bordi, “MILLIY TV” telekanali orqali esa töğridan töğri efir uzatildi. Eng hayajonli lahza Guinness World Records™ natijalarining rasman tasdiqlanişi böldi — yakuniy hisob-kitob va tortişdan söng butun maydon şodiyona qildi, mehmonlar dömbra sadolari ostida qarsak çalib, raqsga tuşdi.

Guinness World Records™ eksperti Riçard Stenning festivalning yuqori darajada taşkil etilganini, jamoaning hamjihat işlaganini va oşpazlarning mahoratini alohida e’tirof etdi. U lağmonni qölda tayyorlaşning murakkabligini qayd etib, barça jarayonlar tartibli va yuksak saviyada bajarilganini aytdi. Şuningdek, Riçard Stenning tarixda ilk bor bir festival doirasida bir vaqtning özida uçta Guinness World Records™ jahon rekordi örnatilganini ta’kidladi.




















