Xitoy dunyodagi eng uzun suvosti temir yo‘l tunnelini quradi
Suvosti tunnelining uzunligi 16,2 kilometrga teng bo‘ladi. Poyezdlarning tunnel ichidagi loyihaviy tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. Qurilish olti yil davom etishi ko‘zda tutilgan.
Xitoy dunyodagi eng katta suvosti temir yo‘l tunnelini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Paper nashri xabar berdi.
Suvosti tunnelining uzunligi 16,2 kilometrga teng bo‘ladi. Poyezdlarning tunnel ichidagi loyihaviy tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi. Qurilish olti yil davom etishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga to‘rt milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Avvalroq Yevropada Xelsinkidan Tallingacha eng uzun suvosti temir yo‘l tunneli qurilishi bekor qilingandi. Estoniya hukumati mazkur loyihaning amalga oshishiga shubha bildirgan.
Loyihaga ko‘ra, tunnelning umumiy uzunligi 103 kilometr, suv ostidagi qismi esa 50-56 kilometr bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, kamida bitta sun'iy orol qurish kerak bo‘lardi.
Mavzuga oid
17:37
Xitoyda talabalarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs qatl etildi
12:58
Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib robotlar va insonlar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi
22:48 / 20.01.2025
Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi
22:37 / 20.01.2025