Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kiritilishini ma'qulladi
YeIning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kiritilishini uning muxolifat bilan muloqotga tayyor emasligida deb izohladi.
Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlarning doimiy vakillari Belarusga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini ma'qulladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib TASS xabar berdi.
Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar Belarus hukumatiga nisbatan joriy etiladi. Yangi qora ro‘yxatga hukumat vakillari, jumladan, respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko ham kiritiladi.
Avvalroq YeIning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Lukashenkoga qarshi sanksiyalar kiritilishini uning muxolifat bilan muloqotga tayyor emasligida deb izohlagandi. Yevroittifoqning fikricha, Belarus rahbari respublikadagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori emas.
Oktabr boshida YeI davlatlari rahbarlari Belarusning ularning fikricha, saylovlarni soxtalashtirishga aloqador rasmiy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritishgandi. O‘shanda Lukashenko sanksiyalar ro‘yxatidan joy olmagandi.
Belarusda avgustdan buyon norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Namoyishlar qatnashchilari Lukashenkoning iste'fosini talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
08:53
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026