Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov kambağallik çegarasi haqidagi gaplaridan söng yuzaga kelgan tanqidlar ortidan matbuot anjumani ötkazdi.
Hakimov öz sözida kuni keça Toşkentdagi Vestminstr xalqaro universitetidagi tadbirda taniqli rus iqtisodçisi Sergey Guriyevning populizm haqidagi ilmiy maqolasini muhokama qiluvçi sifatidagi iştirok etganini aytib, jurnalist va blogerlar bilan doimiy hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
«Maqolada populizm iqtisodiy rivojlanişga qançalik salbiy ta'sir körsatilişi aytilyapti. Tadqiqotlarga asosan, 60ta eng katta mamlakatda populistik kayfiyat kötarilganida uzoq muddatda, keyingi 10–15 yil içida YaIMning 10 foizlar atrofida farq qilişi, ya'ni past bölişi aytilyapti.
Bu narsa nimaga olib keladi? Yanada asoslanmagan qarorlarning qabul qilinişi va boşqa narsalarga olib keladi. Şu orqali davlatimiz rahbari belgilab bergan, oğişmay ketayotgan yölimizda odamlarni çalğitişi mumkin.
Şuning uçun biz sizlar bilan doim hamkorlik qilişga tayyormiz. Berayotgan materiallaringizni ilmiy asoslar asosida tayyorlaş böyiça qanday yordam kerak bölsa, yordam berişga tayyormiz.
Keça ham ijtimoiy tarmoqlarda agressiv tonning mavjudligini köryapsiz. Bu narsa bizning rivojlanişimiz, konstruktiv muloqot qilişimizga foyda bermaydi. Biz har doim konstruktiv muloqot tarafdori bölib qolamiz», – dedi Obid Hakimov.
Şuningdek, matbuot anjumanida Özbekistondagi kambağallik çegarasini işlab çiqişda oylik maoşlarni körib çiqiş va bozordagi narx-navoni nazorat qiliş mezonlariga qay darajada e'tibor qaratiladi, deya berilgan savolga ham javob qaytarildi.
«Iqtisodiyotda şunday narsa borki, yöqdan bor bölmaydi, bordan yöq bölmaydi. Faraz qiling, uyingizda bir mahsulot işlab çiqaryapsiz. U mahsulot bir yilda 5 foizga oşyapti. Öşa 5 foizning qaysidir qismi sizning mehnatingiz, qaysidir qismi esa uyingizdagi uskunalar evaziga oşyapti. Xuddi şu mahsulotni qöşningiz ham işlab çiqaryapti. Uning ham xuddi şunday uskunasi bor. Mahsuloti esa 2 foizga oşyapti. Kimningdir unumdorligi yuqori, kimningdir unumdorligi past.
Xuddi şu unumdorlikdan kelib çiqqan holda siz özingizga oylik tanlaysizmi? Köpgina holatlarda bizda populistik tendensiya kuçayib ketyapti: oyliklarga qaranglar, degan. Unumdorlik oşmasa, işlab çiqarilayotgan mahsulot köpaymasa, yöq joydan oylikni qayerdan olib beriş mumkin?
Bitta yöli bor – Gretsiyadagiga öxşab, boşqa mamlakatlardan qarz olib, davlat xizmatçilariga oylik qilib beraveriş. Oqibatda Gretsiyada qanday inqiroz kelib çiqqanini kördinglar.












