Dunyoning eng badavlat odamlari bir kun ichida yana 34 milliard dollarga boyidi
Dunyoning eng badavlat 10 odamining umumiy boyligi AQShda 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlaridan keyingi ilk kun ichida 34,4 mlrd dollarga ko‘paydi.

Jyeff Bezos Foto: Getty Images
Forbes Real-Time reytingi ma'lumotlariga ko‘ra, 4 noyabrda dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi 10,5 mlrd dollarga ortib, 190,6 mlrd dollarga yetgan.
Reytingning 4-o‘rnida turgan Mark Tsukerbergning boyligi esa 8 mlrd dollarga ortib, 105,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Hindistonning Reliance Industries xoldingi egasi Mukesh Ambanining (10-o‘rin) boyligi 4,1 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 74,2 mlrd dollarga yetgan.
Shuningdek, Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinning boyligi mos ravishda 4 mlrd va 3,8 mlrd dollarga, Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arnoniki 3,6 mlrd dollarga va Microsoft asoschisi Bill Geytsniki 668 mln dollarga ko‘paygan.
Yetakchi o‘ntalikka kiruvchi 3 milliardergina o‘z boyligini ko‘paytira olmagan: Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask 547 mln dollar, sarmoyachi Uorren Baffet 291 mln dollar, Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison esa 379 mln dollar yo‘qotgan.
AQSh fond birjasi saylovlarning ertasi kuni ishonchli o‘sishni namoyish qildi. 4 noyabrdagi savdolar natijalariga ko‘ra, AQSh birjalari 1-3,8 foizlik o‘sish bilan yopilgan. Asosiy o‘sishni texnologik kompaniyalar namoyish qilgan: savdolar vaqtida Amazon aksiyalari 6,32 foizga, Facebook aksiyalari 8,32 foizga, Alphabet aksiyalari esa 6,09 foizga qimmatlagan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 15:34
-
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Jahon | 15:24
-
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Jahon | 15:12
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

13:56
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi

10:26
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q

09:11
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

21:31 / 03.07.2025