OKMKda eksport rejalari bajarilmoqda
Pandemiya sharoitida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining oqilona boshqaruvi bois 2020 yilning yanvar-oktabr holatiga barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuksalishi barobarida, mahsulotlar eksporti rejalari bajarilmoqda.
Jumladan, o‘tgan davrda 86410 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Kombinatning asosiy mahsuloti sanalgan mis katodining xaridorlari: Xitoy va Turkiyaga 81041 tonna mis katodi jo‘natilgan.
Shuningdek, yildan yilga iste'molchilar e'tirofini qozonayotgan mis quvurlariga ham talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotlar asosiy xaridorlari Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston va Ukraina davlatlari hisoblanadi. Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida xorijlik xaridorlarga 3330 tonna mis quvurlari eksport qilinib, reja 117,7%ga bajarildi.
Yana bir eksport mahsuloti sanalgan sulfat kislotasining asosiy xaridori bo‘lgan qo‘shni Qozog‘iston davlatiga o‘tgan davrda 39165 tonna sulfat kislotasi yetkazib berildi va reja 130,5%ga uddalandi.
Shuningdek, qo‘shnilarimizga 79375 tonna qo‘rg‘oshin mahsulotlari yuborilgan bo‘lib, rejaviy vazifa 128,6%ga bajarilgan.
Qishloq xo‘jaligi sohasida keng qo‘llaniluvchi mis kuporosining asosiy xaridorlari bo‘lgan Polsha, Ukraina, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Indoneziya davlatlariga o‘tgan davrda 5601 tonna mis kuporosi eksporti amalga oshirilib, reja 116,7%ga bajarildi.
Molibden metallining asosiy xaridori bo‘lgan Niderlandiyaga ushbu mahsulotdan 550 tonna yetkazib berildi va rejaviy vazifa 109,9%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Avval ham ta'kidlanganidek, kombinat mutaxassislari tomonidan noyob va nodir metallarni olish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar o‘zining yuksak samarasini bermoqda. Natijada kombinat tomonidan noyob metallar ham eksport qilinmoqda. 2020 yil yanvar-oktabr holatiga reniy metallining eksport rejasi 401,6%ga, tellur eksporti 176,7%ga, selen eksporti 320%ga bajarilgan.
Kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan portlandsementning asosiy xaridorlari qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari hisoblanib, o‘tgan davrda ushbu davlatlarga 7523 tonna portlandsement eksport qilingan.
Tsement mahsuloti, asosan, Afg‘onistonga eksport qilinib, o‘tgan davrda bu davlatga 141805 tonna sement yetkazib berilishiga erishildi.
O‘tgan 10 oy davomida OKMK tomonidan xorijiy xaridorlarga jami 655 595 000 AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.
OKMK Matbuot xizmati
Mavzuga oid
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
17:00 / 30.08.2024