O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari muzokara o‘tkazdi
2020 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur'atini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ma'lum qilindi.
Tomonlar, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarga ta'sirini minimallashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlar to‘g‘risida fikr almashdilar.
TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligini ta'kidladilar.
Oliy va yuqori darajadagi muqaddam erishilgan kelishuvlarga sodiqlik tasdiqlandi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024