JSST butun dunyoni yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
JSST bayonotida aytilishicha, insoniyat koronavirus infeksiyasini fan va tibbiyotdagi hamkorlik orqali yengishi mumkin.
Insoniyat yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashi lozim. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 9-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Butunjahon assambleyasining 73-sessiyasidan oldin tarqatilgan bayonotida aytilmoqda.
«Biz navbatdagi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishni hozirdan boshlashimiz darkor. O‘tgan yili sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga tayyor mamlakatlar SARS-CoV-2 virusi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralar ko‘ra olganiga guvoh bo‘ldik», — deyiladi bayonotda.
JSSTning ma'lum qilishicha, davlatlarning xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish evaziga yangi pandemiyalarga tayyorligini kuchaytiradigan rezolyutsiya ko‘rib chiqiladi.
JSST bayonotida aytilishicha, insoniyat koronavirus infeksiyasini fan va tibbiyotdagi hamkorlik orqali yengishi mumkin.
Tashkilotning ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada kasallik holatlari aniqlanishi bo‘yicha pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich qayd etildi — dunyo bo‘yicha 3,3 mln yangi holat aniqlangan.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024