Jahon | 23:12 / 06.11.2020
6692
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada noma'lum kasallik qurbonlari soni 87 nafarga yetdi

Nigeriya janubidagi Delta va Enugu shtatlarida noma'lum kasallikdan vafot etganlar soni 87 nafarga yetdi. Avvalroq 15 kishi kasallik qurboni bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Foto: enca.com

Mahalliy epidemiologlarning fikricha, odamlar o‘limiga sabab gemorragik bezgak bo‘lishi mumkin

Gemorragik bezgak o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, bu turdagi infeksiyalarga denge bezgagi, ebola, Lassa bezgagi va sariq bezgak kiradi.

Sanitar-ekologik masalalar bo‘yicha mutaxassis Vensan Oshomining ta'kidlashicha, “g‘alati” kasallik yuqtirishning ilk holatlari sentyabrdayoq qayd qilina boshlangan.

“Biz kasallardan tahlillar oldik va ularni Lassa bezgagi, vabo, sariq bezgak va meningitga tekshiramiz”, deb aytgan mutaxassis.

Mavzuga oid