Vitaliy Klichko uchinchi marta Kiyev meri etib saylandi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko Kiyev shahri merligi uchun o‘tkazilgan saylovda uchinchi marta g‘alaba qozondi.
Kiyev shahar saylov komissiyasi Vitaliy Klichko Kiyev shahar meri uchun o‘tkazilgan saylovlarida 50,52 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgani haqida xabar bermoqda.
Bugun Ukrainada 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlar natijalarini e'lon qilish uchun ajratilgan so‘nggi kun edi.
Saylov kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan ikkita ekzit-pol natijalari shahar meri saylovlarning ikkinchi bosqichida aniqlanishi mumkinligini ko‘rsatgan edi. Ammo barcha saylov byulletenlari hisoblab chiqilganda Klichko 50 foizdan sal ko‘proq ovoz bilan raqiblarini ortda qoldirib, saylovda g‘alaba qozongani ma'lum bo‘ldi. Endi keyingi besh yil davomida Kiyev shahrini Vitaliy Klichko boshqaradi.
Mazkur saylovda Kiyev meri bo‘lish uchun jami 15 nafar nomzod kurashgan. Ular orasida Ukrainaning Rossiya bilan yaqinlashishi tarafdori bo‘lgan «Muxolifat platformasi» partiyasi nomzodi Aleksandr Popov Vitaliy Klichkoga asosiy raqib bo‘lgan.
Oldinroq, saylovlarning ikkinchi bosqichida g‘alaba uchun kurashishga tayyorligini aytgan Aleksandr Popov saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilingan natijalarga hali izoh bermagan.
Mavzuga oid
15:35 / 23.07.2024
Klichko Rossiyaga hududiy yon bosish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno etmadi
21:01 / 05.02.2024
Klichko Zalujniyning iste’fosiga qarshi chiqdi
19:12 / 03.12.2023
«Zalujniy to‘g‘risini gapirdi». Klichko urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani»ni aytgan bosh qo‘mondonni qo‘lladi
12:53 / 15.08.2023