Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiyaga qarshi kurashda burilish yasashi mumkin bo‘lgan oy ma'lum qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat 2021 yil mart oyida tubdan o‘zgarishiga umid bildirmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori maslahatchisi Bryus Eylvard Jyenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasida aytib o‘tdi.
Foto: Reuters
“Martga kelib hozirda butun dunyo bo‘ylab olib borilayotgan ishning natijasi sifatida pandemiya bilan bog‘liq joriy vaziyatni tubdan o‘zgartiradigan vaziyatga kelishimiz mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan Eylvard.
Uning ta'kidlashicha, bu vaqtga kelib koronavirusga qarshi kurash uchun zarur bo‘lgan barcha resurslar, jumladan infeksiyani davolashda qo‘llanayotgan deksametazon, o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmalari, shaxsiy himoya vositalari yetarlicha miqdorda bo‘ladi. Biroq JSST bu vaqtgacha paydo bo‘lishini kutayotgan asosiy narsa vaksina hisoblanadi.
Bundan tashqari, JSST 2021 yil martida koronavirusni mustaqil aniqlash uchun testlar paydo bo‘lishini kutmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
22:58 / 20.05.2025