Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur qonun loyihasi bilan «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi qonunga quyidagi asosiy özgartirişlar kiritilmoqda.

Bugungi kunda qonunning amaldagi tahririga binoan 11 ta taşkilotga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqi berilgan. Endilikda bular safi kengaytirilib, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil va Özbekiston Respublikasi Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari — Bola huquqlari böyiça vakilga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş vakolati berilmoqda.

Kiritilayotgan özgartirişga binoan fuqarolar va yuridik şaxslar ham Konstitutsiyaviy sudga özlarining konstitutsiyaviy huquqlarini tiklaş yuzasidan umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan barça himoya çoralari tugagan taqdirda, muayyan işda qöllanilgan qonunning konstitutsiyaviyligini aniqlab berişni sörab, şikoyat bilan murojaat qilişlari mumkin böladi.

Bugungi kunda konstitutsiyaviy sud tarkibida 7 ta sudya faoliyat olib bormoqda. Endilikda xalqaro tajribadan kelib çiqqan holda qonun loyihasi bilan ular soni 2 taga köpaytiriladi. Xalqaro tajribaga binoan qonun ustuvorligi ta'minlangan davlatlarda eng kamida konstitutsion sudlarda 9 ta, eng köpi bilan esa 19 ta sudyalar faoliyat olib bormoqda.

Şuningdek, konstitutsiyaviy sud sudyalari vakolatlari muddatiga ham özgartiriş kiritiladi. Jumladan, Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolati muddati – birinçi marta saylanganida beş yilni, keyingi saylanganida ön yilni taşkil etişi nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonunçilikka binoan, ayni bir şaxs ikki martadan ortiq Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanişi mumkin emas va ikki muddatga ham 5 yildan saylaniş tartibi belgilab qöyilgan.

Quyi palata yiğilişi yakunida qonun loyihasining qabul qilinişi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yaxşilaş, mamlakatda fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiliş hamda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaşga xizmat qilişi ta'kidlandi.