Kun.uz göşt narxi mavzusida tadbirkorlar Telman Adizov, Tölqin Eşnazarov, Akbar Doniyev, çorvador Şarof Şodiyev hamda Navbahor tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Zafar Ğulomov bilan suhbatlaşdi.
Quyida soha vakillari bildirgan fikrlar umumlaştirilgan holda keltirib ötiladi.
Omuxta yem rostan ham qimmatmi?
Omuxta yem masalasini Yevropa yoki Amerika bilan emas, yonimizdagi davlatlar bilan taqqoslaydigan bölsak, qimmat deyilayotgan omuxta yemni Afg‘onicton, Qirğiziston, Tojikistonga Özbekistonda sotayotgan narximizda eksport qilyapmiz. Ular bizdan olib borib, yana 20 foiz QQS va boşqa tölovlarni tölagan holda şu yemdan foydalanyapti. Afğoniston, Qirğiziston, Tojikistonda bizga nisbatan yem qimmatroq.
Özbekistonda yem işlab çiqariş yönalişida katta işlar qilingan bölsa-da, oxirgi nuqtaga yetib bordik, deb aytişga hali vaqtli. Hali köp işlaşimiz kerak. Köp xatolar bor, qilinmagan, tuşunmagan işlarimiz ançagina. Bu sohada mutaxassislar yetişmaydi.
Sohani monitoring qilganmiz. Misol uçun, biz sotayotgan omuxta yem xomaşyosining 70-80 foizi çet eldan – Qozoğiston, Rossiya, Boltiqböyi davlatlaridan keladi. Şu bilan birga, Qozoğistonda bu borada katta işlar qilingan bölsa-da, biz işlab çiqarayotgan omuxta yemni, laboratoriyada tekşirtirib, narximizni örgangaç, eksport qilişimizni sörayapti.
Bunga sabab nima? Qozoğistonda bizning mahsulot muqobili 300 dollar atrofida, bizda 240–250 dollar atrofida. Yemning tarkibi, xomaşyo uning içiga qöşiladigan mahsulotlar asosan çet eldan olib kelinişiga qaramasdan, bizda iş kuçi arzon, xarajatlar past, gaz va elektr narxlari ulardagidek baland bölmagani uçun biz arzonroq sota olamiz. Şuningdek, biz oz foydaga qanoat qila oladigan millatmiz. Şuning uçun ularda bizdan köra narxlar qimmatroq.

Qozoğiston yoki Qirğiziston çorvaga qimmat yem bera oladi. Sabab?
Sababi, ularda aholi boşiga töğri keladigan çorva soni juda köp. Şuningdek, ularda çorva taqriban sentyabr oyigaça yaylovda yuradi. Yaylovlardagi öt-ölanlar odamböyi keladi.
Qozoğistonning Çimkent viloyatiga borib örganganimizda, ötlar juda balandligini körganmiz. Bizning Qibrayda ham «Mayskiy» degan joyda öt-ölan balandroq böladi. Lekin Özbekistonning içki hududlariga kirib boraversangiz, öt-ölan yöqolib boradi. Xususan, Navoiy viloyati yaylovini oladigan bölsak, iyun oyida qöy va mollar uçun yaylovda yeyişga heç nima qolmaydi.
Özbekiston çorvaçiligida urğu yemga beriladi
Göşt narxi haqida fikr bildirgan odamlarning omuxta yemga köp urğu berayotganining sababi nimada? Nega omuxta yem qimmat böldi, göşt qimmat böldi deb yurişadi? Çunki Özbekistonda mol va qöyni boqib, bördoqi holatiga yetkaziş uçun urğu, asosan, omuxta yemga beriladi. Beda va şunga öxşaş kök ötlar juda kam. Şrot, buğdoy, arpa kabilarni aralaştirib berib, çorvani semirtirişga harakat qilişgani bois, köproq pul şunga ketib qoladi.
Taqqoslaş uçun, bozorda bitta press beda Toşkent atrofida 24 ming söm sotilyapti. Uning içida 9 kilogramm beda bölib, 1 kg bedaning örtaça narxi 2670 sömga töğri keladi. Unda oqsil deyarli yöq yoki 2 foiz bölişi mumkin. Beda tarkibidagi karotin qurib tugagan böladi. Uglerod ham yöq. Şuning uçun beda qöy yoki molning ösişiga ahamiyatli ta'sir etadigan mahsulot emas. Ammo 1 kg beda 2670 sömdan tuşsa, press somonning narxi – 2500 söm bilan deyarli bir xil. Ammo uning umuman kaloriyasi yöq. Qoramolning qornini töldiradi, lekin uni östirmaydi. Şuning uçun molga yem beriş zarur böladi.
Dalada öt yöqligi, kökalamzor hudud kam bölgani uçun asosiy urğu yemga beriladi va yemning narxi ozgina – 50 sömga kötarilsa ham odamlar yem qimmat böldi, deb vahima qiladi. Demak, yem-ozuqa, ya'ni molni östiriş uçun oqsil köp qöllanilarkan, bu yerda boşqaça variant yöq.
Yaylovlar yöq, bori ham açinarli holatda
Yaylovlar juda ham açinarli holatda, çorvani östiriş uçun omuxta yem bermasa bölmaydi, bu esa Özbekiston şaroitida qimmatlik qilyapti. Agar Qozoğistondagi kabi yaylovlar talabga javob berib, yirik yoki mayda şoxli mol yaylovda ötlab öziga kerakli ozuqani olganida, 4-5 kg omuxta yem beriş yetarli bölar edi.
Çunki Qozoğistonda bir boş qoramolga 5 kg.gaça yem beriladi. Özbekistonda örtaça 8 kg. Çorvador göşt narxini 57-58 mingdan past sotsa, u foyda qila olmaydi.
Kökalamzorlaştiriş, yaylovlarni tuzatiş – yillab davom etadigan işlar. Şuning uçun bugungi kunda yemning narxini yanada arzonlaştiriş, balki davlat tomonidan omuxta yem işlab çiqaruvçilarga subsidiya, dotatsiya beriş masalasini öylab körib, joriy qiliş kerak.
Logistika: 2800 km = 1800 $. 24 km = 850 $
Aslida, omuxta yem tannarxini pasaytirişda işni birinçi bölib transport xarajatlari, jumladan, temiryöl transportini arzonlaştirişdan boşlaş maqsadga muvofiq bölar edi. Ötgan yil şu haqda juda köp gapirildi. Ammo aytganlarimiz negadir aks samara bermoqda.
Qozoğistonning Petropavlovsk şahri bizdan 2800 km uzoq. Qozoğiston Özbekiston tadbirkori uçun 1800 AQŞ dollariga 2800 km joydan vagon keltirib beryapti. Endi ötgan yili öşa vagonning Sarioğoçdan 24 km bölgan Qibraydagi Qodiriya bekatiga yetib kelişi 7 million 300 ming söm edi.
Qozoğiston temiryöllari 1 km uçun 65 sent olayotgan bölsa, Özbekiston temiryöllari körsatgan xizmat haqi uçun 1 kmga 35 dollar olayotgandi.
Bu – Özbekiston temiryölining Özbekiston tadbirkorini tahqirlaşi, deb öylayman. Bu qöllab-quvvatlaş emas. Qozoğiston bizga qilayotgan muruvvat, bizda tahqirlaş bölyapti.

Biz kilometriga 35 dollar tölaganimizdan keyin yemning tonnasiga kamida 15-20 dollar pul qöşilyapti. Natijada 1 kg yem 200–300 sömga qimmatlaşadi, çorvador 1 kunlik yem uçun 2000-3000 söm ortiqça pul tölaydi. Temiryöl narxi ötgan yili 7 million 300 ming bölsa, bu yil uni 8 million 600 ming qilib qöyişdi. Şuning barobarida temiryölda yuk taşiş narxi borgan sari oşib boryapti.
Çorvaçilikni amalda qöllab-quvvatlaş közga taşlanmayapti
Qişloq xöjaligini, xususan, çorvaçilikni haqiqatan, amalda qöllab-quvvatlaş körinmayapti. Prezident sohalarni qöllab-quvvatlaş uçun qarorlar çiqaryapti. U ham temiryölçi, ham çorvador bölolmaydi. U qarorni beradi, uning qöl ostidagilar qarorni mukammallaştiradi, sohalarga yönaltiradi, ijro etadi. Agar ular yönaltirmasa, soha rivojlanmay qolaveradi.
Nazarimizda, qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaşni temiryöldan boşlaş kerak.
Yana yaylov haqida
Qöy-mol boqişni tajribadan ötkazib kelyapman. 730 gektar yerda 800ta qöy boqyapman. Lekin 3 oy içida daştda öt qolmaydi. Qolgan mavsumlarda xaşak, yemni sotib olaman. Yem bilan boqilayotganiga qöylar yiliga 2 marta qözilayapti. Buning mehnati oğirroq, ammo samarasi bor.
Hammada qöy yiliga 1 marta tuğadi. Biz yemni, xaşakni köpaytirib, çöntakdan xarajat qilganimiz bois, 1 kg göşt 60 ming söm bölsa, xarajatlarimizni qoplaydi va foyda köramiz.
Çorvani uzoği iyul-avgustgaça daştda boqiş mumkin, u yoğiga yem berilmasa, ozib ketadi. Ozğin mol köp kasallanib, qirilişni boşlaydi. Molning tirik qolişi, bolasining yaxşi tuğilişi uçun unga sifatli yem beriş kerak.
Çorvaçilik uçun yer ajratilsa, qişga zaxira qiliş mumkin
Çorvaçilik uçun ekin yer ajratilsa, qişga zaxira qilib xaşak töplaş mumkin. Ammo Navbahor tumanida bunga imkoniyat yöq, faqat fermerlar yeri atrofidagi xaşak yoki yantoqlarni örib, sotib olamiz. 9 oy xarid qilib, şuni xaşakning örniga işlatamiz.

Navbahor tuman hududida 1 boş qöyga 2,5 gektar ajratiladi. 730 gektarda 300 boş qöy boqişim kerak. Lekin 800 boş qöy boqyapman. Agar maydon kengroq bölsa, yaxşi böladi, ammo şunda ham molga yem beriş kerak. Yem berilmasa, qöydan 1 yilda 1 marta bola oliş mumkin. 1 yil buning orqasida mehnat qilgan odamlarga oylik tölaysiz. Şuning uçun 2 marta qözilasa, foydasi yaxşiroq böladi.
Bördoqiçilik komplekslarini rivojlantiriş zarur
Göşt narxini tuşiriş masalasida ma'muriy usullar foyda bermaydi. Davlat hokimiyati vakili qassobning boşida turib, göşt narxini nazorat qilişi, narxni belgilaşi muammoni yeçmaydi va bu juda kulgili holat. Bu yerda talab va taklif muvozanatiga erişiş kerak.
Alohida ta'kidlaş kerakki, yilböyi çöpon qaramoğida daştda yurgan çorva közlangan natijani bermaydi. Çunki yaylovda boqilgan qöyning darajasi iste'moldagi göşt sifatini berolmaydi. Şuning uçun joylarda bördoqiçilik komplekslarini taşkil qilib, daştda yurgan qöylarni xarid qilib, omuxta yem beriş orqali 3-4 oyda kerakli darajadagi semizlikka yetkaziş mumkin.
Nega qorakölçilik?
Köpçilik qorakölçilikni rivojlantiriş deganda qoraköl terisini köpaytirişni tuşunadi. Hozirda jahon bozorida qoraköl terisi talab yuqori mahsulot emas. Şu bois Özbekiston hududida aslida umumiy ma'noda qorakölçilik deyiladi, desak töğri böladi. Ya'ni gap bu yerda çorvaçilik, qöy masalasida ketyapti.
Bu atamani mayda şoxli mollar ham deyiş mumkin edi, ammo çiroyliroq çiqişi uçun qorakölçilik deyilgan bölişi ehtimol. Bu yerda asosiy maqsad teri, jun, göşt yetkazib berişga ahamiyat beriş, hammasiga kompleks yondaşişdir.
Subsidiya, subsidiya va yana bir marta subsidiya
Jahon tajribasida istalgan davlatda qişloq xöjaligi, xususan, çorvaçilikni rivojlantiriş sohaga subsidiya ajratiş bilan böladi. Bizda ham, misol uçun, har bir kilogramm yetiştirilgan göşt uçun 4000–5000 atrofida subsidiya berilsa. Bu – davlat budjetidan xarajatdek körinişi mumkin, ammo unga sarflangan pul aylanib kelib köproq daromad keltiradi. Buni iqtisodçilar yaxşi hisoblab çiqa olişadi.

Hozirda Özbekistonda göştni ma'muriy boşqarişdan boşqa tizimning özi yöq. Davlat göşt narxini ma'muriy-buyruqbozlik yöli bilan emas, subsidiya beriş bilan nazorat qilsa foyda beradi.
Yuqorida aytilganidek, dala-daştda yurgan qöy yetarli darajada semiz emas. Bördoqiçilik majmualari ularni xarid qiladi, boqadi, lozim bölsa, kasalini davolaydi. Natijada göşt hajmi ortadi, bitta qöy 30 emas, 50 kg göşt qiladi. Qolaversa, semiz qöydan çiqadigan jun va teri ham sifatli böladi. Uni sotib, qayta işlab daromad topiş mumkin.
Statistikada 500 qöy amalda 2000 qöyga tengmi?
Statistikaga qarasangiz, uy xöjaliklarida 90 foiz tirik vazndagi göşt yetiştiriladi deyilgan. Bu qançalik töğri, bilmayman. Uy xöjaliklari göşt yetiştirib, foydasini köryapti. Ammo biz göşt yetiştiriş atrofidagi yöldoş mahsulotlarni pulga aylantira olmayapmiz. Bu yölga qöyilsa, çorvaçilik bilan şuğullanuvçi odamlarga foyda.
Şu bilan birga, ayrim fermerlar 2000 boş qöyi bölsa ham 400 boş deb körsatib qöyadi. Çunki ularga raqamning haqiqiysini körsatişning qiziği yöq. Ular na bankka pul topşiradi, na çorvaning juni, terisini qayta işlaşni ham bajarolmaydi. Sohaga subsidiya joriy qilinsa, barça narsa şaffoflaşadi. Raqamlarni yaşirsa, manfaatni yöqotadi.
Çorvaçilikda davolovçi yemlar zarur
Çorvador fermerlarning saviyasini oşiriş kerak. Ba'zi fermerlar qöyni boqişni bilaman deydi, ammo yaylovda yurgan qöyni olib söyadi. U nari borsa 20 kg göşt qilişi mumkin. Çorvaçilikda semiz, örta semiz va oriq iboralar bor. Bularning har biri yana uçga bölinadi. Lekin daştdagi çöponlar bunga e'tibor qaratmay, çorvani oriq paytida söyadi. Işiga ilmiy yondaşmaydi.

Omuxta yem işlab çiqariş zavodiga boib, yemga baliq moyi, vitamin va minerallar qöşilayotganini kördim.
Çorvani kasalliklarga qarşi emlaşda unga yuboriladigan dorining tanasiga kirişi töliq bölmasligi mumkin, vitaminli yemlarda esa barça ozuqa bölib, çorvaning tanasiga singişi aniq böladi. Bundan taşqari, jahon tajribasida çorva uçun davolovçi yemlar işlab çiqariş bor. Molga dori yuboriş uçun uni quvib uşlaganda yoki yiqitganda homilasiga ta'sir qilişi mumkin. Bördoqiga boqiladigan qöyga qölda dori berilsa, u öşa kuni 200-300 gramm vazn taşlaydi. Davolovçi yemlar işlab çiqarilsa, bu jarayonda qiyinçilik bölmaydi.
Qöy terisi va juni qayta işlaş talabiga mos emas
Göştni köpaytiriş, çorvani köpaytirişga ilmiy jihatdan yondaşilmasa, samara bermaydi. Şu bilan birga, eskiça usullarda işlaş ham davr talabiga mos kelmaydi. Bitta qöyga 2,5 gektar yer berilib, almaşlab boqiş imkoniyati bölsa, fasllar böyiça yaylovlarni almaştiriş imkoni berilsa, reja bilan iş qilinsa, çorvaning terisi va junining sifati özgaradi.
Hozirda junlar mikroskopda körilsa, tolasi yorilib yotibdi. Çunki junga ham vitamin kerak. Ozğin moldan olinadigan teri, jun heç narsaga yaramaydi.
Çorvaçilikda jun va terini qayta işlaş va eksport yölga qöyilsa, çöponning oyligi bilan fermer xöjaligiga ketadigan xarajatlarni qoplasa, olinadigan foyda göştdan böladi. Foyda katta bölsa, fermer ham göşt narxini arzonlaştirişga harakat qiladi.
Xulosa örnida
Çorvaçilikni rivojlantiriş maqsad qilingan ekan, çorvador fermerlarga taqdim etilajak yer, yem-xaşak masalasini, ularni qanday işlab çiqariş, narxni arzon qiliş, bördoqiçilik klasterlari taşkil etiş, veterinariya xizmatlarini töğri taşkil etiş zarur böladi. Aks holda, barçasi quruq gapdan boşqa narsa bölmaydi.
Demak, sohani rivojlantiriş uçun logistikadan boşlab, subsidiya, yaylovlar masalasi va xöjaliklarda boqiladigan qöy yoki qoramolga yordam beriş masalasini körib çiqiş kerak.
Tolib Rahmatov suhbatlaşdi.












