Turkiya Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarini kiritish borasida rezolyutsiya qabul qiladi

Foto: Shutterstock
Turkiya parlamenti Tog‘li Qorabog‘ga o‘z tinchlikparvar kuchlarini kiritish borasida rezolyutsiyani qabul qilish ustida ishlamoqda. Taxminlarga ko‘ra, harbiylar noyabr oyining oxirigacha ziddiyatli hududga kirib boradi. Sabah agentligining xabar berishicha, ma'lumotni parlamentdagi o‘ngchilardan Adolat partiyasi vakillari tasdiqlagan.
Rasmiy hujjatda tinchlikparvar kuchlar tomonidan bajariladigan aniq vazifalar va ularning joylashuv hududi belgilab beriladi. Ma'lum qilinishicha, turk harbiylari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida kelishilgan sulh shartlari bajarilishini nazorat qiladi. «Masala tez orada parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi», – deyiladi xabarda.
9 noyabr kuni Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Aliyev, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Pashinyan va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 2020 yilning 10 noyabridan Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni butunlay to‘xtatishni nazarda tutuvchi bayonotni imzolaganini e'lon qilgan edi.
Shundan so‘ng 2 mingga yaqin Rossiya tinchlikparvar kuchlari hududga 5 yil muddatga kirib kelgani ma'lum qilindi.
11 noyabr kuni esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish qo‘shma markazi bo‘yicha Rossiya-Turkiya bayonnomasi imzolanganini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters
Jahon | 19:18
-
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 19:04
-
O‘zbekiston va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzoladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025