YUNISEF 2 milliard doza vaksina sotib olishga tender e'lon qildi
BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda 2021 yilda koronavirusga qarshi 2 mlrd doza vaksina sotib olishga tender e'lon qildi. Vaksinalar 186ta davlatni birlashtiruvchi COVAX dasturi doirasida taqsimlanadi.
Vaksinani katta hajmda ishlab chiqara oluvchi kompaniyalarga 6 hafta ichida tenderda ishtirok etish uchun ariza topshirish taklif qilingan. Tenderdan maqsad vaksinani adolatli taqsimlash tamoyili asosida COVAX dasturida ishtirok etuvchi davlatlarni iloji boricha tezroq sifatli vaksina bilan ta'minlash hisoblanadi. Bu davlatlardan 82tasi past daromadli davlatlar bo‘lib, ular vaksina sotib olishda moliyaviy ko‘mak oladi.
YUNISEFda ta'kidlanishicha, pandemiyaning yirik ko‘lami vaksinalarni sotib olish va taqsimlashda yangi yondashuvni talab qiladi.
BMTda vaksinaning hamma davlatlar orasida adolatli taqsimlanishi zarurligi bir necha marotaba ta'kidlab o‘tilgan va “vaksina millatchiligi”, ya'ni davlatlarning o‘z fuqarolarini vaksina bilan ta'minlash uchun kompaniyalar bilan oldindan bitimlar tuzishi xavfidan ogohlantirilgan.
O‘z navbatida, JSSTda vaksina birinchi navbatda eng zaif davlatlar va aholi guruhlari, jumladan tibbiy xodimlar, keksa yoshlilar va surunkali kasalliklarga ega kishilarga taqdim qilinishi kerak, deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024