Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 2019 yilda olingan qon namunalarida koronavirusga qarshi antitanalar topildi
Avvalroq Barselona universiteti olimlari shaharning 2019 yil mart oyidagi oqava suvlari namunalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini topishgani xabar qilingandi.
Italiyada Sars-Cov-2 koronavirusi 2019 yil sentyabrdayoq tarqalgani ma'lum bo‘ldi: o‘sha paytda olingan qon namunalarida antitanalar aniqlandi.
“Biz 2019 yil sentyabr va 2020 yil mart oralig‘ida o‘pkasi skrining qilingan 959 kishidan olingan qon namunalarida tahlil o‘tkazdik va antitanalarni o‘rganib chiqdik. Qon namunasi olingan 959 kishining 111 nafarida Sars-Cov-2 RBD antitanalari aniqlandi (11,6 foiz)”, – deyiladi Milan onkologiya instituti va Siyena universiteti hisobotida.
Tadqiqot eng ko‘p holatlar Lombardiya, Pemont, Latsio, Emiliya-Romanya, Toskana va Venetoda uchraganini ko‘rsatdi. Bu esa COVID-19 holatlari Italiyada “birinchi bemor” qayd etilishidan ancha avval yuz berganini bildiradi.
Milandagi “Luiji Sakko” yuqumli kasalliklar klinikasi direktori Massimo Gali esa virusning 2019 yil sentyabrda paydo bo‘lganiga shubha bildirdi. Uning fikricha, o‘sha paytdayoq kasallanish o‘choqlari paydo bo‘lishi kerak edi.
Avvalroq Barselona universiteti olimlari shaharning 2019 yil mart oyidagi oqava suvlari namunalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini topishgani xabar qilingandi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirus 2019 yil dekabrda Xitoyning Uhan shahridan tarqalgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
18:32 / 08.06.2026