Jahon | 00:55 / 17.11.2020
34560
1 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilishi boshlanadigan taxminiy muddatni ma'lum qildi

Tashkilot vaksina yetkazib berish 2021 yilning birinchi yarmida boshlanishiga umid qilmoqda.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilishi boshlanadigan taxminiy muddatni aytdi. Tashkilot vaksina yetkazib berish 2021 yilning birinchi yarmida boshlanishiga umid qilmoqda.

«Yilning birinchi yarmida cheklangan yetkazib berishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda rejalashtirish bosqichidamiz», — dedi Svaminatan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tashkilotning asosiy maqsadi vaksinani xatar guruhidagilarga, birinchi navbatda sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yetkazishdir. 

Svaminatan JSST barcha salohiyatli ishlab chiqaruvchilar bilan ishlayotganini aytdi. 

Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus pandemiyani birgina vaksina to‘xtata olmasligini, buning uchun butun boshli choralar majmuasi talab qilinishini aytgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid