Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
119 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro D.M. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomobili Ohangaron shahridagi avtoturargohlardan birida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada avtomashinada shartli xaridorga sotish maqsadida olib kelingan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 119 million so‘mlik 693 dona “Grippol plyus” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
“Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026
Uyqusiz tunlardan $385 000 gacha: MITʼdan 100 foiz grant yutgan sirdaryolik Asilbek Sunnatov
09:34 / 28.03.2026
Sirdaryolik yigit 2 mlrd so‘mlik kibero‘g‘rilikda ushlandi
14:31 / 13.03.2026