Jahon | 00:06 / 20.11.2020
11929
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 51 yil umrini shifoxonada o‘tkazgan erkak vafot etdi

Deyarli butun umrini San-Paulu universiteti shifoxonasida o‘tkazgan braziliyalik Enrike Machadu 18 noyabrda 53 yoshida vafot etdi. 

Foto: g1.globo.com

Erkak 1967 yilda tug‘ilgan. U tug‘ruq vaqtida onasidan ayrilgan. Machadu 2 yoshida asab tizimini jarohatlovchi poliomiyelit asoratlari sababli shifoxonaga tushgan va o‘limigacha qadar u yerda umr kechirgan

Machadu falajlanib qolganiga qaramay, o‘yinlar va multfilmlarga qiziqqan, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yuritgan va shifoxonadagi o‘rta maktabni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, u nogiron bola va uning do‘stlari haqida 3D-animatsiya yaratgan.

Erkakning vafotiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid