Hujjat bilan tibbiy profilaktika işlarining asosiy yönalişlari belgilandi, deb yozadi Norma.

2021 yil 1 yanvardan boşlab 40 va undan yuqori yoşdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boşqa xavf omillarini) aniqlaş böyiça tizimli ravişda skrining tekşiruvlari ötkaziladi.
 
Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş markazining tuman (şahar) bölimlari köp tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida joylaşişga ruxsat beriladi. Ularning xodimlari tomonidan amalga oşirilayotgan tarğibot-taşviqot işlari bilan bir qatorda fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, köriklar va boşqalar) körsatib boriladi.
 
Mahallalarda, maktabgaça ta'lim taşkilotlari, umumta'lim maktablari va oliy hamda örta maxsus ta'lim muassasalarida soğlom turmuş tarzini şakllantirişga kömaklaşuvçi volontyorlar (şu jumladan nafaqadagi şifokorlar, öqituvçilar, ziyolilar va boşqalar) jamiyatlari taşkil qilinadi.
 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari böyiça Muvofiqlaştiruvçi komissiya taşkil qilindi hamda uning vazifalari belgilandi. Uning tarkibi va faoliyatini taşkil etiş tartibi tasdiqlandi, şuningdek soha böyiça vazirlik va idoralarning respublika, viloyat va tuman darajasidagi vazifalari taqsimlandi. Soğliqni saqlaş vazirligi Muvofiqlaştiruvçi komissiyaning işçi organi hisoblanadi. Muvofiqlaştiruvçi komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlar uçun bajarilişi majburiydir.
 
Hujjat 13.11.2020 yildan kuçga kirdi.