Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolar va jamoat taşkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişdagi faol iştiroki uçun rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qaroriga jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişdagi faol iştiroki uçun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Hujjatga muvofiq, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişdagi faol iştirok etgan va örtaça yoki oğir tan jarohati olgan yoxud halok bölgan şaxslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi.
Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagiça:
- örtaça tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
- oğir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
- fuqaro halok bölganida – BHMning 100 baravari.
Nafaqalar tayinlaşga profilaktika organlarining sud-tibbiy xulosa yoki ölim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.










