“Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qöyildi. Loyiha muhokamasi 2023 yil 8 iyungaça davom etadi.
Loyiha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunçilikni unifikatsiya qilişga qaratilgan. Jumladan, loyiha bilan “Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunlar yagona qonunga birlaştirilmoqda.
Loyihaga muvofiq, profilaktik hisobga qöyiladigan şaxslar doirasi qisqarmoqda. Mazkur çorani ayblilik masalasini hal etmasdan turib jinoyat işi tugatilganda, mayda huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga va boşqa holatlarda qöllamaslik belgilanmoqda.
Mazkur qonun qabul qilingan taqdirda 368,6 ming nafardan ziyod şaxslarga nisbatan (barça profilaktik hisobda turganlarning 57,6 foizi) profilaktik hisob bekor qilinadi.
















