Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti tibbiy yordam va dori-darmonlar aholi uchun bepul bo‘lishi kerakligini aytdi
Meksika prezidentining fikricha, odamlarga ishonish va har qanday holatda ham ularning erkinliklarini ta'minlash, "avtoritar choralar", xususan, komendantlik soatlari joriy etishdan voz kechish kerak.
Tibbiy yordam, xususan, dori va vaksinalar aholi uchun bepul bo‘lishi kerak. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador G20 virtual sammitida ana shunday fikr bildirdi.
"Sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquq davlat foyda olishni ko‘zlamasdan kafolatlashi shart bo‘lgan asosiy inson huquqlaridan biri. Tibbiy yordam, vaksina va dorilar bepul bo‘lishi hamda uni barcha olishi lozim", dedi u.
Lopes Obrador shuningdek, oila institutini himoya qilish, keksa yoshdagilarga g‘amxo‘rlik qilish va sog‘lom ovqatlanish g‘oyasini ilgari surish kerakligini ta'kidladi.
Meksika prezidentining qayd etishicha, odamlarga ishonish va har qanday holatda ham ularning erkinliklarini ta'minlash, "avtoritar choralar", xususan, komendantlik soatlari joriy etishdan voz kechish kerak.
"Birinchi navbatda bankrot bo‘lgan kompaniyalar yoki moliya tashkilotlariga emas, balki kambag‘allarga yordam berish lozim", - deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026