Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentining parlamentdagi vakili xizmat mavqeini suiiste'mol qilganlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlaydigan Diykanbayev davlat korxonalaridan birining rahbarini partiyalardan birining saylovoldi kampaniyasiga pul ajratishga majburlaganlikda gumonlanmoqda.
Kurmanbek Diykanbayev / Foto: Akipress
Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari mamlakat prezidentining parlamentdagi vakili Kurmanbek Diykanbayevni xizmat mavqeini suiiste'mol qilganligi uchun qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot markazi xabar berdi.
“24 noyabr kuni prezidentning Jogorku Keneshdagi vakili “Xizmat mavqeini suiiste'mol qilish” moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni amalga oshirishda gumonlanib qo‘lga olindi va davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib kelindi”, – deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlaydigan Diykanbayev davlat korxonalaridan birining rahbarini partiyalardan birining saylovoldi kampaniyasiga pul ajratishga majburlaganlikda gumonlanmoqda.
Xabarda aytilishicha, u oktyabr oyidagi saylov kampaniyasi davrida davlat korxonasi rahbarini 7 mln somdan ortiq mablag‘ni siyosiy partiya hisobiga o‘tkazishga majbur qilgan.
Mamlakatda parlament saylovlari 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 4ta partiya Jogorku Keneshdan joy olgan.
Biroq natijalardan norozi bo‘lgan boshqa partiyalarning talabi va Bishkekda boshlangan namoyishlardan so‘ng 6 oktyabr kuni Qirg‘iziston MSK saylov natijalarini bekor qilgan.
Mavzuga oid
21:14 / 04.02.2026
AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026
YeI Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar rejasini muhokama qilmoqda
09:13 / 28.01.2026