Jahon | 19:14 / 25.11.2020
2802
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi narxi 3 yevrodan arzon bo‘ladi

Ma'lumot berilishicha, vaksina zaxiralari Italiyada saqlanmoqda. Undan foydalanishga ruxsat olinishi bilan vaksinani tarqatish boshlanadi.

Foto: Getty Images

Italiyaliklar AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasini uch yevrodan arzonroqqa sotib olishlari mumkin. Bu haqda kompaniyaning Italiyadagi bo‘linmasi rahbari Lorenso Vittum ma'lum qildi.

“Vaksinaning saqlanish muddati olti oy bo‘ladi. Uni uy sharoitida, muzlatkichda minus ikki darajadan plyus sakkiz darajagacha haroratda saqlash mumkin. Narxi uch yevrodan arzon turadi”, – deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Messajyero” gazetasi.

Vittumning ma'lumot berishicha, vaksina zaxiralari Italiyada saqlanmoqda. Undan foydalanishga ruxsat olinishi bilan vaksinani tarqatish boshlanadi.

Britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarda o‘rtacha 70 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid