Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, aholi tomonidan quyoş yordamida öz ehtiyojlari uçun energiya işlab çiqarganda soliqqa tortiladi, degan gapning özi davlat siyosatiga qarşi ketişni anglatadi.

«Heç qanday soliq yöq, qöşimça tölov ham yöq. Aksinça, mana şunday texnologiyalarni import qiliş, işlab çiqarişda davlat tomonidan çegirma va preferensiyalar berilgan. Mahsulot tannarxini pasaytiriş, aholi orasida mahsulot ommaviyligini kengaytirişi uçun bu işlar bajariladi», — deydi u.

2019 yil 21 mayda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining «Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş töğrisida»gi qonunida qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan (QTEM) elektr energiyasi işlab çiqariş, şu jumladan şaxsiy manfaatlarda foydalaniş uçun boşqa turdagi QTEMlar ham öz aksini topgan.

QTEMdan foydalanadigan jismoniy şaxslar bilan bir qatorda, qonun bilan boşqa ikki turdagi elektr energiyasini işlab çiqaruvçilari ham belgilangan. Bular lokal tarmoq orqali yuridik va jismoniy şaxslarning ehtiyojlari uçun elektr energiyasi işlab çiqaruvçilari va QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib beruvçi işlab çiqaruvçilardir.

Boşqaça qilib aytganda, QTEMdan foydalanib (quyoş, şamol va boşqalar orqali) elektr energiyasi işlab çiqariş mumkin. Nafaqat şaxsiy ehtiyoj uçun, balki uni sotiş ham mumkin. Bunday hollarda, bu tadbirkorlikning eng yangi turi ham hisoblanadi.

Bunday tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, qonun ularga QTEMdan lokal elektr tarmoqlarini yaratiş, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan elektr energiyasini özaro kelişilgan narxlarda sotiş böyiça şartnomalar tuziş huquqini beradi.

Şu bilan birga, QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib beruvçilarga tarmoqqa kafolatli ulaniş huquqi berildi. Tabiiyki, bu yerda qayta tiklanuvçi energiyadan öz ehtiyojlari uçun emas, balki tadbirkorlik, ya'ni elektr energiyasini sotiş maqsadida foydalaniş haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qöllaniladi.

Va birinçi turdagi işlab çiqaruvçilar uçun – ya'ni quyoş energiyasini öz ehtiyojlari uçun işlab çiqaradiganlar uçun nafaqat şartnomalar talab etilmasligi, balki ularga rağbatlantiruvçi imtiyozlar ham mavjud.

Agar aholi faqat qayta tiklanuvçi energiyadan foydalangan holda, ya'ni mavjud energiya tarmoqlaridan töliq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy şaxslarning mol-mulk soliğidan va yer soliğidan uç yil muddatga (QTEMdan foydalaniş oyidan boşlab) ozod qilinadi.