Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda koronavirusga qarshi kurashish maqsadida baliq ovlash to‘xtatildi va poytaxt yopildi
Shimoliy Koreyada poytaxt yopildi hamda baliq ovlash va tuz qazib olish to‘xtatildi. Bu haqda The New York Times Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlari bilan tanishgan amaldorlarga tayanib xabar bermoqda.
Razvedka ma'lumotiga ko‘ra, KXDR rahbari Kim Chen In keyingi paytda «o‘ta g‘azabnok holatda va nooqilona qarorlar chiqarmoqda». U ikki kishini qatl qilishga buyruq bergan. Ulardan biri valuta almashtirish punktida ishlagan, u «valuta almashuv kursini oshirishga aloqadorlik»da ayblangan. Yana biri esa bojxona xodimi bo‘lib, u chegaradan mahsulotlarni noqonuniy o‘tkazgani uchun qatl etilgan.
Shuningdek, Kim Chen In mamlakat poytaxti Pxenyanni yopishga buyruq berdi, deb yozadi Associated Press. Bungacha Hesan va Nampxo portlari, Rajin shahri yopilgandi. Mamlakatda baliqchilik va tuz qazish ham to‘xtatilgan, hukumat dengiz suvi koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Shimoliy Koreyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026