Jahon | 18:52 / 27.11.2020
3427
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish uchun maydon izlashni boshladi

Qayd etilishicha, vaksina ishlab chiqarish faoliyat ko‘rsatayotgan farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi.

Foto: Natalia Kolesnikova/AFP/Getty Images

Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish uchun maydon izlanmoqda, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy.

 "Hozirda bu masala ko‘rib chiqilmoqda, biz maydonni aniqlamoqdamiz. Ishlab chiqarish faoliyat ko‘rsatayotgan farmatsevtika zavodlarida amalga oshiriladi. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan mamlakatimizda vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqdamiz", - dedi Tsoy.

"Vaksina sinovlari uchinchi bosqichda, rossiyalik hamkasblarimiz tez vaqt ichida tadqiqot natijalaridan xabardor qilishlarini aytishdi. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda samaradorlik qayd etildi, shu bois uni potensial vaksinalardan biri sifatida ko‘rmoqdamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

 Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod qurilishi to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid