Jahon | 21:30 / 29.11.2020
7321
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 8 yil “uyquda bo‘lgan” vulqon faollashdi (video)

29 noyabrda Indoneziya janubidagi Levotolo vulqoni otila boshladi. Bungacha vulqon 8 yil nofaol bo‘lgan. 

Foto: Getty Images

Lomblen orolida joylashgan vulqon taxminan 5 kilometr balandlikka kul va tutun otgan.

Indoneziya vulqonshunoslik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq har ehtimolga qarshi, mahalliy aeroport va orol ustidagi havo hududi yopib qo‘yilgan. Shuningdek, balandligi 1,5 kmga yetadigan vulqon tog‘dan 2 km radiusdagi aholi evakuatsiya qilingan.

Indoneziya 130ta faol vulqonni o‘z ichiga olgan “Tinch okeani olovli halqasi”da joylashgan. Bu sayyoramizning eng seysmik faol hududlaridan biri hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid