Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran tölov vositasi sifatida barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solişning maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

Bu – 27 noyabr kuni imzolangan “Özbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida belgilandi.

Qarorga köra, maxsus-huquqiy rejim doirasida:

  • ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvçi tölov tizimini yaratiş böyiça pilot loyihalar amalga oşiriladi;
  • “tartibga soliş qumdoni” rejimini joriy qiliş tartibi va uning amal qiliş muddati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.

Ma’lumot uçun, barqaror token (steyblkoin) – narxi qat’iy belgilangan yoki muayyan aktivga (odatda AQŞ dollari, yevro yoki oltin) boğlangan kriptoaktiv turi. Oddiy kriptovalutalardan farqli ravişda, uning asosiy maqsadi – barqarorlikni saqlaş va keskin tebranişlardan himoyalaniş. Barqaror tokenlar davlat kafolatiga ega emasligi bilan markaziy banklarning raqamli valutalaridan farq qiladi.

2026 yil 1 yanvardan:

  • Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik şaxslar tomonidan tokenlaştirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilişga ruxsat beriladi;
  • Özbekiston hududida birja faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya olgan fond birjalarida tokenlaştirilgan aksiya va obligatsiyalarni joylaştiriş hamda ularning muomalada bölişi uçun alohida savdo maydonçasi taşkil etiladi.

Özbekistonda tölov vositasi sifatida steyblkoinlardan foydalanişga ruxsat berilişi mumkinligi haqida sentabr oyida Markaziy bank raisi Timur Işmetov aytib ötgandi. Uning sözlariga köra, bu masaladagi risk şundan iboratki, raqamli valutalar borasida kutilmalar balandroq böladi. “Lekin dunyo tajribasi körsatadiki, mamlakatda tölov tizimi yaxşi rivojlangan bölsa, qöşimça tölov vositalarining ahamiyati yuqori bölmaydi. Biz amaliyotdan kelib çiqib qaror qabul qilamiz”, degandi regulyator rahbari.

“Ikkinçi tomondan,